Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya "Shimol" guruhi Sumi viloyatidagi yashirin pozitsiyalarni yo‘q qildi

Razvedka dronlarining maxsus harbiy operatsiya hududida olib borgan kuzatuvi chog‘ida dushman to‘plangan joy zudlik bilan aniqlandi va zarba berildi.
Sputnik
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Rossiya armiyasining “Shimol” qo‘shinlari guruhi artilleriya bo‘linmalari maxsus harbiy operatsiya hududida dushman kuchlarini rejali ravishda yo‘q qilishni davom ettirmoqda. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Bugun armiya korpusining “Grad” raketa tizimlari ekipajlari “Shimol” hujum guruhlarini qo‘llab-quvvatlab, Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalarining o‘rmonzor hududidagi niqoblangan pozitsiyalari va to‘plangan jonli kuchlarini nishonga oldi.
“Razvedka dronlarining maxsus harbiy operatsiya hududida olib borgan kuzatuvi chog‘ida dushman to‘plangan joy aniqlandi. Nishon koordinatalari zudlik bilan artilleriya bo‘linmalariga uzatildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Harbiylarning ma’lum qilishicha, jangovar topshiriqni olgach, ekipaj pozitsiyaga chiqqan va jangovar mashina komandiri “Grad” qo‘mondonlik punktid koordinatalarni sozlagan. Nishonlarga aniqlik kiritish uchuvchisiz uchish apparatlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan, deya qo‘shimcha kiritiladi xabarda.

“Zarur tuzatish ma’lumotlari olinishi bilanoq, belgilangan kvadrat bo‘yicha o‘q uzildi. Natijada UQK tarkibiga jiddiy zarar yetkazildi, bu esa dushman bo‘linmalari boshqaruvining izdan chiqishiga olib keldi”, — deya ma’lum qildi Rossiya mudofaa idorasi.

Qayd etilishicha, real vaqt rejimida uchuvchisiz uchish apparatlari orqali olib borilgan obyektiv nazorat kadrlarida barcha aniqlangan nishonlarning yo‘q qilinganiga ishonch hosil qilingan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari DXRdagi Fodorovka qishlog‘ini ozod qildi