O‘zbekiston va YeOII

YeOII: urug‘chilikning umumiy bozori qanday takomillashtirilmoqda

Maqsad — Ittifoq mamlakatlarining oziq-ovqat ta’minotini oshirish. Olib borilgan tahlillarga ko‘ra, YeOII davlatlari o‘z raqobatbardosh bug‘doy, javdar, makkajo‘xori, kartoshka, kungaboqar, pomidor, bodring va beda navlariga ega.
Sputnik
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) umumiy urug‘chilik bozorini takomillashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.
Tashabbusning asosi 2017-yilda Ittifoq doirasida qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari aylanishi to‘g‘risidagi bitim imzolanishi bilan qo‘yilgan. Ushbu hujjatning eng muhim maqsadi — YeOII davlatlari bir-birining urug‘ sifati haqidagi hujjatlarini tan olishi.
YeIK Agrosanoat siyosati departamenti bo‘lim boshlig‘i Andrey Drobishevskiyning ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yilda davlat rahbarlari urug‘chilik va navlarni sinash sohasida unifikatsiya yo‘nalishlarini belgilab bergan.
“Shu asosda so‘nggi yillarda faol ish olib borildi. 2025-yil yakuniga qadar bosqich tugallanishi rejalashtirilgan. 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Oliy kengash yig‘ilishida esa natijalar muhokama qilinib, keyingi ustuvor yo‘nalishlar belgilanadi”, - deydi u.
Mutaxassislarning qayd etishicha, umumiy urug‘chilik bozorini rivojlantirishdan asosiy maqsad YeOII mamlakatlarining oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashdir.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Ittifoq davlatlari bug‘doy, javdar, makkajo‘xori, kartoshka, kungaboqar, pomidor, bodring va beda ekinlari bo‘yicha o‘zlarining raqobatbardosh navlariga ega. Bundan tashqari, qand lavlagining ham zamonaviy, raqobatbardosh gibrid turlari paydo bo‘lmoqda.
Ekspertlarga ko‘ra, YeOII hududida qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish uchun katta salohiyat mavjud.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII deklaratsiyasini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini tayyorlash yakuniy bosqichga yetdi