CAFA Nations Cup 2025: O‘zbekiston chempion bo‘ldi

Finalda "oq bo‘rilar" Eron jamoasi ustidan g‘alaba qozondi.
Sputnik
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Markaziy Osiyo Futbol assotsiatsiyasi Millatlar kubogi (CAFA Nations Cup) g‘olibi bo‘ldi.
8 sentabr kuni Toshkentdagi yangi “Olimpik” stadionida Eron jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi. O‘yindagi yagona golga Hojiakbar Alijonov mualliflik qildi.
1 / 9
2 / 9
3 / 9
4 / 9
5 / 9
6 / 9
7 / 9
8 / 9
9 / 9
Futbolchilarga oltin medallar va kubokni prezident Shavkat Mirziyoyev topshirdi. Taqdirlash marosimida FIFA rahbari Janni Infantino va boshqa rasmiy shaxslar ham ishtirok etdi.
1 / 5
2 / 5
3 / 5
4 / 5
5 / 5
Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Hindiston O‘mon ustidan g‘alaba qozondi.
“CAFA Nations Cup-2025” musobaqasida 8 ta milliy jamoa ishtirok etdi. O‘yinlar Toshkent va Dushanbe shaharlarida o‘tkazildi.
CAFA Nations Cup: O‘zbekiston O‘mon bilan durang o‘ynadi