Toshkentda “Wolves Day Uzbekistan” baykerlar festivali qanday o‘tdi - video

Ishtirokchilar orasida 10 tadan ortiq motoklub a’zolari hamda erkin frirayderlar bor.
Sputnik
TOShKENT, 7 sen – Sputnik. Toshkentda “Wolves Day Uzbekistan” baykerlar festivali o‘tkazildi. Unda poytaxt va boshqa hududlardan, shuningdek, Qozog‘iston va Tojikistondan kelgan 10 tadan ortiq motoklub a’zolari hamda erkin frirayderlar ishtirok etishdi.
Motofestda jami 300 tadan ortiq motosikl namoyish qilindi. Baykerlar safi “Bunyodkor” stadionidan boshlab, poytaxt ko‘chalari bo‘ylab harakat qildi. Ularga Toshkent shahar IIBB, YHXX hamda Milliy gvardiya xodimlari hamrohlik qilishdi.
Tadbir mehmonlari motorlar va musiqaning jo‘shqin ovozlaridan bahramand bo‘lishdi, turli motosikllar tarixi bilan tanishishdi, esdalik uchun suratlarga tushishdi va haqiqiy “drayv” muhitini sho‘ng‘ishdi.
Tashkilotchilarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, festivalning asosiy maqsadi – mamlakatda mototurizm va motomadaniyatni rivojlantirish, shuningdek, endigina bu yo‘nalishda o‘z faoliyatini boshlagan yosh baykerlarga ko‘mak berishdir.
Festival tafsilotlari bilan Sputnik videosida tanishishingiz mumkin.