TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Samaqandda maktab o‘quvchilarini mindirmagan avtobus haydovchisi ishdan bo‘shatildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.
3 sentabr kuni maktabga ketayotgan o‘quvchilar pul to‘lamagani uchun avtobusga chiqarilmagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.
Ushbu holat Samarqand viloyati hokimligi tomonidan nazoratga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, Paxtachi tumanidagi Nazarobod qishlog‘idan har kuni 22 nafar o‘quvchi Ziyovuddin shaharchasiga maktabga qatnaydi.
Paxtachi tumani hokimligi va “Oqtosh-Shaxzod trans” MChJ o‘rtasida shartnoma imzolanib maktab o‘quvchilarini maktabga tashish xizmatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bepul avtobus harakati yo‘lga qo‘yildi.
O‘quvchilarni mindirmagan haydovchi M. Bobojonov 4-sentabrdan ishdan bo‘shatilgan.