Buxoroning Mag‘oki Attoriy markazida birinchi bor xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi boshlandi.
Tadbirda 70 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurgan rassom va hunarmandlar o‘z asarlarini namoyish etmoqda.
Biyennalening asosiy maqsadi — O‘zbekistonning jahon madaniy xaritasidagi nufuzini oshirish, zamonaviy san’at, tarixiy meros, kreativ iqtisodiyot va turizm uyg‘unligini ta’minlashdir.