TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Toshkent shahrida 8-sentabrdan 10-oktabrgacha sovuq suv jadval bo‘yicha vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda "Toshkent shahar suv ta’minoti" matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, bu paytda 2025-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, suv ta’minotidagi cheklovlar turli tumanlarda turli kunlarda bo‘ladi va bir kun davom etadi. Suv bo‘lmagan joylarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi.
Ichimlik suvi bosimi pasaytiriladigan va vaqtincha to‘xtatiladigan manzillar ro‘yxati va ularning vaqti bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishish mumkin.