O‘zbekistonda Rossiyaning "Biznikilarni bil" brendlar tanlovi o‘tkaziladi

Bellashuv istiqbolli kompaniyalarni aniqlab, ularga biznesni rivojlantirish uchun har tomonlama yordam ko‘rsatishga imkon beradi.
Sputnik
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. O‘sib borayotgan brendlar uchun “Biznikilar bil” (Znay nashix) Rossiya tanlovi Markaziy Osiyo mamlakatlarida, birinchi navbatda O‘zbekistonda ham o‘tkaziladi. Bu haqda ShIF-2025 doirasida VEB.RF bosh strategi va Strategik islohotlar agentligining "Yangi biznes" yo‘nalishi bo‘yicha direktor o‘rinbosari Mixail Xomich Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
O‘zbekistonda tanlovni o‘tkazish bilan Strategik islohotlar agentligi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi shug‘ullanadi.
Ushbu loyihaning O‘zbekiston hududida o‘tkazilishining o‘ziga xos xususiyati shundaki, g‘olib brendlar Rossiya bozoriga chiqish, Rossiya brendlari esa o‘zbek iste’molchisiga yetib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“O‘zbekistonlik hamkasblarimiz ham “Biznikilarni bil” nomli milliy tanlov o‘tkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashdi. Ularning ham o‘z g‘olib brendlari bo‘ladi va biz o‘zaro tajriba almashish g‘oyasini o‘ylab topdik: biz ularning brendlarini Rossiyada targ‘ib qilishga yordam beramiz", – dedi Xomich.

Ushbu tanlov istiqbolli kompaniyalarni aniqlashga, ularga har tomonlama yordam ko‘rsatishga va ularning mahsulotlarini nafaqat ichki, balki xalqaro bozorlarda ham ommalashtirishga xizmat qiladi. Rossiyada o‘tkazilgan tanlovning uch yil davomida 30 mingdan ortiq brend ishtirok etdi. So‘nggi bosqichgacha chiqqan ishtirokchilarning daromadi o‘rtacha hisobda 50 foizdan oshdi, ayrim ishtirokchi kompaniyalar esa savdo hajmini 2-3 baravargacha ko‘paytirishga muvaffaq bo‘lishdi.
O‘zbekistondagi qaysi yo‘nalishlar Rossiya bozori uchun istiqbolli va qiziqarli bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida Sputnik O‘zbekiston videosida batafsil ma’lumot berilgan.