Qozog‘istonda mamlakat tarixidagi eng yirik kokain partiyasi ushlandi

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi giyohvand moddalar kontrabandasining xalqaro kanalini yo‘q qilish bo‘yicha ko‘p bosqichli operatsiyani amalga oshirdi
Sputnik
TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Qozog‘istonda mamlakat tarixidagi eng yirik 13 tonna 183 kilogramm kokain partiyasi qo‘lga olindi, deb xabar berdi Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati.

"O‘z vaqtida ko‘rilgan choralar bilan Olmaota shahrida respublika tarixidagi eng yirik bir martalik kokain narkotik moddasining 13 tonna 183 kilogrammlik partiyasi musodara qilindi", - deyiladi xabarda.

Ushbu yukning yo‘nalishi Qozog‘iston orqali uchinchi davlatlarga tranzit qilishni nazarda tutgan.
Giyohvand moddalar tarqatish kanalini tashkil etishda gumonlanib, ikki nafar chet el fuqarosi ushlangan va qamoqqa olingan.
DXX salkam 80kg narkotiklar olib kirishni to‘xtib qoldi