Futbol: O‘zbekiston Urugvay bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JChga tayyorgarlik doirasida Urugvay bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. U
Sputnik
TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Urugvay terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Milliy terma jamoaning bu uchrashuvi 13-oktabr kuni Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston bunga qadar 2018 va 2019-yillarda ikki marotaba Urugvayga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushgan va har ikkisida ham urugvayliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozongan.
Eslatamiz, futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor 2026-yilda AQShda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanma olgan.
Matbuot markazi
O‘zbekiston tarixda ilk bor JChga yo‘llanmani qanday qo‘lga kiritdi — video