Muzeylar haftaligi doirasida Chingiz Axmarov asarlari ko‘rgazmasi ochildi

Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — yoshlar va keng jamoatchilik orasida milliy madaniy merosga e’tibor va qiziqishni oshirish.
Sputnik
3 sentabr kuni O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida “Milliy merosga mening hissam” nomli ko‘rgazma ochildi. Tadbir Muzeylar haftaligi doirasida tashkil etilib, 8-sentabrgacha davom etadi.
Ko‘rgazma "Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi doirasida tashkil etildi. Ushbu tashabbus orqali aholining madaniy boyliklarni muzeylarga topshirishi va ularni kelajak avlod uchun saqlashga hissa qo‘shishi ko‘zda tutilgan.

Ekspozitsiyada mashhur rassom Chingiz Axmarovning “Ikki dil dostoni”, “Ulug‘bek yulduzi” va boshqa filmlar uchun chizilgan eskizlari namoyish qilinmoqda. Shuningdek, san’atshunos Akbar Hakimov asarlarida qayd etilgan “Raqqosa” eskizi ham tomoshabinlarga taqdim etildi.

Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — yoshlar va keng jamoatchilik orasida milliy madaniy merosga e’tibor va qiziqishni oshirish, shuningdek, muzey fondlarini boyitishga aholining faol ishtirokini ta’minlashdir.

Muzeylar haftaligi doirasida 2–8-sentabr kunlari muzeyda turli ko‘rgazmalar, mahorat darslari va madaniy-ma’rifiy tadbirlar ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
1 / 16
2 / 16
3 / 16
4 / 16
5 / 16
6 / 16
7 / 16
8 / 16
9 / 16
10 / 16
11 / 16
12 / 16
13 / 16
14 / 16
15 / 16
16 / 16