Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Tramp Putin va Zelenskiyning uchrashuviga erishmoqchi

AQSh prezidentining aytishicha, u Ukraina hududidagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishni ilgari surishda davom etadi.
Sputnik
TOShKENT, 4 sen – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy uchrashuviga "erishish" istagida ekanini, biroq ular hali bu uchrashuvga tayyor emasligini aytdi.

"Nimadir sodir bo‘lishi muqarrar, lekin ular hali bunga tayyor emas. Ammo o‘sha narsa albatta yuz beradi. Biz bunga erishamiz”, – degan AQSh prezidenti CBS telekanaliga bergan intervyusida.

Shuningdek, u Ukraina hududidagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishni ilgari surishda davom etishini va bunga erisha olishiga ishonishini qo‘shimcha qildi.
Bunda Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga da’vogar bo‘lmayotganini, balki faqat mojarolarning oldini olishga harakat qilayotganini ta’kidlagan.
Rossiya prezidenti ilgariroq Ukraina masalasini hal qilish bo‘yicha "zulmat ichra nur" ko‘rayotganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, Putin Zelenskiy bilan uchrashishini istisno qilmagan. Zelenskiy uchrashuvga tayyor bo‘lsa, uni Moskvada ham o‘tkazish mumkin, lekin bunday uchrashuv yaxshi tayyorlangan bo‘lishi kerak.
Shuningdek, u Moskva Tramp rahbarligidagi hozirgi Amerika ma’muriyatining intilishini kuzatayotgani va ular tomonidan faqatgina chaqiriqlar emas, balki ayni vaziyatga yechim topishga bo‘lgan samimiy intilishni ham sezayotganini ta’kidlagan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Putinning Alyaskaga tashrifi mojaroni tartibga solish niyati borligidan dalolat – Tramp