Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya jangchilari Dnepropetrovsk viloyatidagi Novosolovkani ozod etishdi

"Vostok" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalarining qat’iyatli harakatlari tufayli aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatishga erishildi.
Sputnik
TOShKENT, 4 sen - Sputnik. Rossiya armiyasi Dnepropetrovsk viloyatidagi Novosolovka aholi punktini ozod qildi, deya xabar bermoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Sharq” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalarining faol harakatlari natijasida aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatishga muvaffaq bo‘lindi.

"Sharq" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari dushman mudofaasining ichkarisiga ilgarilab, Dnepropetrovsk viloyatidagi Novosolovka aholi punkti ustidan nazoratni o‘rnatdi. Bundan tashqari, "Sharq" qo‘shinlari guruhi harakat hududida Donesk Xalq Respublikasi yerlarini ozod qilish jarayoni to‘liq yakuniga yetkazildi", - deya ta’kidlanadi vazirlik xabarida.

Shuningdek, “Sharq” guruhi jangchilari Dnepropetrovsk viloyatining Gavrilovka va Novopavlovka, hamda Zaporoje viloyatining Poltavka, Uspenovka va Novoivanovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining ikkita mexanizatsiyalashgan brigadasi va dengiz piyodalari brigadasiga qarshi muvaffaqiyatli hujum amalga oshirdi.
Dushman tomonidan quyidagicha yo‘qotishlar bo‘ldi:
240 nafardan ortiq harbiy xizmatchi;
13 ta avtomashina;
kontrbatareya kurashi uchun radiolokatsiya stansiyasi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari DXRdagi Fodorovka qishlog‘ini ozod qildi