Olmaliqdagi “GeoMetTex” ilg‘or muhandislik maktabi: o‘qishdan so‘ng qayerda ishlash mumkin

Ilg‘or muhandislik maktabining asosiy g‘oyasi shundan iboratki, talabalar o‘quv jarayonida biznes hamkorning eng muhim masalalarini yechishga jalb qilinadi.
Sputnik
Olmaliqda MISiS Fan va texnologiyalar universiteti hamda OKMK hamkorligida “GeoMetTex” ilg‘or muhandislik maktabi o‘z faoliyatini boshladi. Birinchi o‘quv yilida bu yerda “foydali qazilmalarni boyitish” yo‘nalishi bo‘yicha 12 nafar birinchi bosqich talabasi tahsil oladi.
Maktabning asosiy xususiyati shundaki, talabalar boshidan kombinatning haqiqiy muammolarini yechimini topishga jalb etiladi.
“Bu har bir bosqich talabalari bajaradigan oddiy topshiriqlar emas, balki korxonani yangi rivojlanish darajasiga olib chiqishga imkon beradigan asosiy vazifalardir”, — dedi MISiS MTTU birinchi prorektori Sergey Salixov.
O‘quv jarayoni nafaqat auditoriyalarda, balki OKMKning ishlab chiqarish maydonlarida ham olib boriladi. O‘qishni tugatgach, bitiruvchilar korxonada ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Batafsil - Sputnik videosida.