TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlarining akkreditatsiya tizimlari o‘rtasidagi hamkorlik masalasini Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) savdo vaziri Andrey Slepnyov va Rosakkreditatsiya rahbari Dmitriy Volvach muhokama qildi.
"YeOIIda markirovkani rivojlantirish maqsadida markirovkalash axborot tizimining boshqa davlat axborot tizimlari bilan, jumladan texnik tartibga solish choralariga rioya etish sohasidagi tizimlar bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirish maqsadga muvofiq", - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, bu hujjatlarni soxtalashtirish, ulardan aylanmaning vakolatsiz ishtirokchilari tomonidan foydalanilishi yoki bekor qilingan va haqiqiy emas deb topilgan ruxsat beruvchi hujjatlarning qo‘llanilishi kabi holatlarni bartaraf etish imkonini beradi.
"Tomonlar issiqxona gazlarini tasdiqlash va tekshirish bo‘yicha Yevroosiyo organlarining maqomini belgilash maqsadga muvofiqligini o‘rganish masalasida hamkorlik qilishga kelishib oldilar”, – deyiladi xabarda.
Dmitriy Volvach Rosakkreditatsiya xalqaro birlashmalarning a’zosi sifatida ushbu yo‘nalishni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi:
"Biz allaqachon ko‘plab yutuqlarga erishdik. YeOII sertifikatlari va deklaratsiyalarining yagona reyestri hamda Ittifoq davlatlari savdosining 85 foizini qamrab oluvchi texnik reglamentlar shular jumlasidandir. Baholash tizimi orqali o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish va o‘zaro ishonchni oshirish lozim. Turli mamlakatlarning akkreditatsiya tizimlari ishtirokchilari o‘rtasidagi ishonch darajasi yuqori bo‘lishi va bu holat sertifikatlar hamda deklaratsiyalarda o‘z aksini topishiga intilishimiz kerak”, - deya ta’kidladi Volvach.