TOShKENT, 3 sen – Sputnik. O‘zbekiston-Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumi doirasida “O‘zbekiston – Belarus: agrosanoat sohasida hamkorlikni rivojlantirishda ekspertlik nigohi” mavzusida 5-seksiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishida ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, fermer xo‘jaliklari va agrar klasterlar faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Belarusning agrosanoat sohasidagi yuqori texnologiyalari, mexanizatsiya va kadrlar tayyorlashdagi tajribasi O‘zbekiston uchun amaliy ahamiyatga ega hamkorlik asoslaridan biri sifatida qayd etildi.
Sostoyalos seksionnoe zasedanie v ramkax Tretyego biznes-foruma jenshin-predprinimateley Uzbekistana i Belarusi
© press-slujba Senata Oliy Majlisa
Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Belarus Milliy fanlar akademiyasining V.F. Kuprevich nomidagi Eksperimental botanika instituti hamda Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Belarus Milliy fanlar akademiyasining “Zig‘ir instituti” Respublika ilmiy sho‘’ba unitar korxonasi o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.