TOShKENT, 3 sen – Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Donesk Xalq Respublikasidagi Fedorovka aholi punktini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
"Janub" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalarining qat’iy harakatlari natijasida Donesk Xalq Respublikasining Fedorovka aholi punkti ozod qilindi", - deyiladi xabarda.
Shuningdek, bugun tongda Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Ukraina Qurolli kuchlari uchun mo‘ljallangan Ukraina harbiy-sanoat kompleksi va yoqilg‘i infratuzilmasi obyektlariga yuqori aniqlikdagi uzoq masofali havo va dengiz qurollari hamda zarba beruvchi uchuvchisiz uchish apparatlari orqali guruhli zarba bergan.
"Zarbalar nishonga tegdi, belgilangan barcha nishonlar yakson etildi", — deyilgan Rossiya vazirligi xabarida.