Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Geosiyosat, Ukraina, iqtisod: Putinning Pekindagi asosiy bayonotlari

Rossiya prezidenti anjumanda jurnalistlar savollariga javob berdi.
Sputnik
TOShKENT, 3 sen – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoyga tashrifi yakunida OAV vakillari bilan matbuot anjumani o‘tkazdi. Unda energetika sohasida erishilgan kelishuvlar, Ukrainadagi mojaroni hal qilish istiqbollari hamda dunyoda ko‘p qutblilik davri yaqinlashayotgani haqida gapirdi.
Quyida Putinning asosiy bayonotlarini keltiramiz:
Tashrif va ShHT sammiti natijalari juda ijobiy;
Dunyoda energiyaga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda, jumladan, Xitoyda ham;
“Sibir kuchi– 2”bo‘yicha kelishuvlar o‘zaro manfaatli, bu yerda hech qanday xayriya yo‘q. Kelishuvdan hamma mamnun;
Ushbu loyiha haqidagi kelishuv Xitoyga tashrif bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelmagan, bu uzoq davom etgan muzokaralar natijasidir;
Rossiyadan Xitoyga quvur orqali gaz yetkazib berish 100 milliard metr kubga yetishi mumkin.
Ukraina haqida
Ukraina o‘zining xavfsizlik tizimini tanlash huquqiga ega, lekin buni Rossiya hisobidan qilmasligi kerak;
Rossiya Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishiga doim e’tiroz bildirgan, lekin Yevropa Ittifoqiga emas;
"Hududlar evaziga Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari" masalasi hech qachon ko‘tarilmagan;
Rossiya maxsus operatsiyani hududlar uchun emas, balki odamlar huquqlarini himoya qilish uchun olib bormoqda;
Referendumlarda Rossiyaga qo‘shilishni qo‘llab-quvvatlagan odamlarning fikrini hurmat qilishimiz kerak;
2022 yilda Rossiya Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini Donbassdan olib chiqib, mojaroga chek qo‘yishni taklif qilgan edi, biroq RF qo‘shinlari Kiyevdan olib chiqilgandan so‘ng Ukraina o‘z fikrini o‘zgartirdi;
Kiyevga hududlar masalasi bo‘yicha referendum kerak, buning uchun harbiy holatni bekor qilish, demak, saylovlar o‘tkazish kerak.
Hozir Rossiya Qurolli kuchlari barcha yo‘nalishlarda muvaffaqiyatli olg‘a siljimoqda;
Ukraina Qurolli kuchlari o‘z saflarini ushlab turishga harakat qilmoqda, lekin ularning zahiralari tugamoqda, ular keng ko‘lamli hujumga qodir emas;
Medinskiy guruhi Ukraina tinchlik muzokaralarida samarali ishlamoqda. Shunga qaramay Rossiya Ukraina bilan muzokaralar darajasini oshirishga tayyor (Tramp Putindan Zelenskiy bilan uchrashishni so‘ragan);
Zelenskiy uchrashuvga tayyor bo‘lsa, uni Moskvada ham o‘tkazish mumkin, lekin bunday uchrashuv yaxshi tayyorlangan bo‘lishi kerak.
Geosiyosat haqida
Putin Si Szinpin taklif qilgan global boshqaruv tashabbusini ijobiy baholadi va uni o‘z vaqtida bildirilgan deb atadi;
Ko‘p qutbli dunyo konturlari shakllandi, lekin ko‘p qutblilik yangi gegemonlar paydo bo‘lishi kerak degani emas — barcha mamlakatlar teng huquqlarga ega bo‘lishi kerak degani;
Ayrim G‘arb mamlakatlari o‘z iqtisodiy muammolarini Ukrainadagi voqealar bahonasi bilan xaspo‘shlashga urinmoqda:
Yevropa Ittifoqining yetakchi iqtisodlari tanazzulga yuz tutmoqda;
Rossiya prezidenti Trampning Rossiya, Xitoy va KXDR go‘yoki “til biriktirayotgani” haqidagi bayonotiga munosabat bildirayotib, AQSh rahbari hazil qilish hissidan mahrum emasligini ta’kidladi.
Putin Xitoyda muloqot qilgan barcha davlat yetakchilari Alyaskadagi uchrashuvni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishgani qayd etdi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Pekinda Putin Kim Chen In bilan uchrashdi – asosiy bayonotlar