TOShKENT, 3 sen – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan bank tizimida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni tahlil qilish maqsadida bank iste’molchilari, tadbirkorlar hamda keng jamoatchilik o‘rtasida o‘tkazilayotgan anonim so‘rovnoma natijalari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, so‘rov ishtirokchilarining 69,5 foizi bank xizmatlarining raqamlashtirilishi darajasini “Yaxshi”, 24,3 foizi “Qoniqarli”, 6,2 foizi esa “Qoniqarsiz” deb baholagan.
Bank xizmatlaridan foydalanish jarayonida 83,8 foizi burokratik to‘siqlarga duch kelmaganini aytgan bo‘lsa, 16,2 foizi shunday holatga duch kelganini ma’lum qilgan.
So‘rovda qatnashganlarning 94,1 foizi bank xodimlari tomonidan korrupsion harakatlarga duch kelganini bildirgan, 5,9 foizi esa bunday holat kuzatilmaganini qayd etgan.
Korrupsiya xavfi yuqori deb baholangan yo‘nalishlar quyidagicha taqsimlangan:
4,3% — xalqaro pul o‘tkazmalari va bank omonatlari;
6,6% — hisob-kitob to‘lovlari va kassa xizmatlari;
7,3% — bank kartalari;
49,4% — kredit mahsulotlari;
42,7% — boshqa xizmat turlari.
(ushbu savolga bir nechta javob belgilash imkoniyati berilgan).
(ushbu savolga bir nechta javob belgilash imkoniyati berilgan).
Shuningdek, 9,6% ishtirokchi bank xizmatlaridan foydalanishda “tanish-bilishchilik”dan foydalanganini aytgan, 90,4% esa undan foydalanmagan.
Ishtirokchilarning 8,1 foizi banklarda ishga qabul qilish jarayonida korrupsiyaga duch kelganini, 91,9 foizi esa bunday holat kuzatilmaganini ta’kidlagan.
Banklarda ishga qabul qilish tizimining ochiqlik, shaffoflik va holislik darajasi 62,5% tomonidan “Yaxshi”, 28,8% tomonidan “Qoniqarli”, 8,6% tomonidan esa “Qoniqarsiz” deb baholangan.
So‘rovga ko‘ra, bank tizimida korrupsiya holatlarining asosiy sabablari sifatida quyidagilar qayd etilgan:
53,5% — bank xodimlari ish haqi pastligi;
30,9% — fuqarolarning moliyaviy savodxonlik darajasi pastligi;
16,9% — bank xodimlari xatti-harakatlari ustidan yetarlicha nazorat yo‘qligi;
13,4% — boshqa omillar (ushbu savolga bir nechta javob belgilash imkoniyati berilgan).
Shu bilan birga, 11,4% respondent bank xodimlari tomonidan muomala madaniyatiga rioya etilmagan holatga duch kelganini, 88,6% esa bunday holatga duch kelmaganini bildirgan.