O‘zbekiston va YeOII

ShHTda “YeOII kunlari” paydo bo‘lishi mumkin

YeIK va ShHT kotibiyati tegishli memorandum doirasida o‘zaro hamkorlik qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotida (ShHT) “YeOII kunlari” paydo bo‘lishi mumkin. Buni boshqa masalalar qatorida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) bosh kotibi Bakitjan Sagintayev Xitoydagi “ShHT plyus” sammiti doirasida muhokama qildi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, YeIK va ShHT kotibiyati tegishli memorandum doirasida o‘zaro hamkorlik qilmoqda. Ayni paytda tomonlar hamkorlikning batafsil rejasini muvofiqlashtirishni yakunlamoqda.
Hujjat loyihasi iqtisodiyot va moliya, transport va multimodal transport, sanoat va agrosanoat majmui, savdo tartib-taomillarini soddalashtirish, raqamlashtirish, energetika va boshqa qator sohalarda muloqotni rivojlantirishni qayd etadi.
“ShHT shtab-kvartirasida “YeOII kunlari”ni o‘tkazish imkoniyati to‘g‘risidagi masalasini ishlab chiqish boshlandi”, - deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII mamlakatlari mintaqalari hamkorligi qanday rivojlanmoqda