Senat raisi boshchiligidagi delegatsiya Belarusga tashrif buyurdi

Belarusda ijtimoiy-iqtisodiy sohalar, mahalliy vakillik organlari hamda yoshlar hamkorligigacha bo‘lgan masalalar muhokama qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Belarusning Vitebsk shahriga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvning yalpi qismida Narbayeva hamda u boshchilik qilayotgan delegatsiya a’zolari Belarus Milliy Majlisi Respublika kengashi raisi Natalya Kochanova bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi yillarida halok bo‘lgan jangchilar xotirasiga bag‘ishlangan Vitebskdagi G‘alaba maydonidagi yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘yish marosimida qatnashishdi.
Xabar qilinishicha, tashrif doirasida delegatsiyaning bir qator tadbirlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston va Belarus parlamentlari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha komissiyaning yalpi majlisi hamda “O‘zbekiston – Belarus: hamkorlik barqaror rivojlanish omili sifatida” mavzusida tadbirkor ayollarning uchinchi biznes-forumi o‘tkazilishi shular jumlasidandir.
Forumda yettita seksiya faoliyat yuritib, sanoat, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar, mahalliy vakillik organlari hamda yoshlar hamkorligigacha bo‘lgan masalalar muhokama qilinadi.
Shuningdek, Vitebsk shahrida “Made in Uzbekistan” milliy ko‘rgazmasi tashkil etilib, oziq-ovqat, farmatsevtika, yengil sanoat, turizm, hunarmandchilik va elektron texnika yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan 70 nafardan ortiq tadbirkor ayol o‘z mahsulot va xizmatlarini namoyish etadi.
Vitebskda III Belarus–O‘zbekiston ayollar biznes-forumi o‘tkaziladi