TOShKENT, 2 sen – Sputnik. 2-sentabr kuni O‘zbekistonning barcha umumta’lim maskanlarida 2025-2026-o‘quv yilining birinchi dars soatlari boshlandi.
Maktablarda ”Kelajak soati” darslari tashkil etildi. Birinchi sinf o‘quvchilariga o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.
2025-2026-o‘quv yilida 10 mingdan ortiq maktablarga 720 mingdan ortiq o‘g‘il-qizlar 1-sinfga qabul qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘quvchi va o‘qituvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabriklab, ular mustahkam sog‘lik, yangidan-yangi g‘alabalar va baxt tiladi.
Sputnik muxbiri poytaxt maktablarida bo‘lib, birinchi qo‘ng‘iroq tabdirlarini kameraga muhrladi.