YHXX o‘qishning birinchi kunida jamoat transportidan foydalanishga chaqirdi

O‘zbekiston aholisidan o‘quv yilining birinchi kunida ko‘chalarda tirbandlik yuzaga kelmasligi uchun shaxsiy avtomobil emas, jamoat transportidan foydalanish so‘ralyapti.
Sputnik
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (IIV YHXX) mamlakat aholisini o‘quv yilining birinchi kunida jamoat transportiga ustunlik berishga chaqirdi.
Qayd etilishicha, 2-sentabr kuni maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq chalinadi va odatda shu kuni ertalab ko‘chalarda tirbandliklar ko‘payadi.
“Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati fuqarolardan bugungi kunda har tomonlama qulay va jozibador ko‘rinishga kelayotgan jamoat transportlaridan foydalanishlarini so‘raydi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi barcha maktablarda 2025/2026-o‘quv yili uchun darslar 2-sentabrdan boshlanadi. Yangi o‘quv yili 1-kurslar uchun 3-sentabrdan, yuqori kurslarga esa 8-sentabrdan boshlanadi.
Magistraturaga qabul natijalari e’lon qilindi