TOShKENT, 1 sen – Sputnik. O‘zbekistonda “Ochiq budjet” portalidagi “Tashabbusli budjet” jarayonining 2025-yilgi ikkinchi mavsumi g‘olib loyihalari e’lon qilindi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda
Ma’lum qilinishicha, jarayonlarda mamlakat bo‘ylab jami 11 milliontadan ortiq ovoz berildi. Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, 3,2 trln so‘mlik 2332 ta loyiha g‘olib deb topildi.
Ushbu mavsumi doirasida fuqarolar tomonidan jami 22 263 ta loyiha kelib tushgan bo‘lib, shulardan 18 656 tasi ovoz berish bosqichiga o‘tkazilgan.
G‘olib bo‘lgan loyihalar bilan shu yerda tanishish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 20-mart kuni 1-mavsum uchun ovoz berish jarayoni yakunlangandi. Unda fuqarolar tashabbuslari 10 milliontadan ortiq ovoz to‘pladi. 2300 dan ortiq loyihaga 3,2 trln so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.