O‘zbekiston va YeOII

YeOII mamlakatlari mintaqalari hamkorligi qanday rivojlanmoqda

Tadbir ishtirokchilari integratsiya samaradorligi, jumladan, mintaqaviy nuqtayi nazardan baholanishini ta’kidlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) birinchi Yevroosiyo eksport forumi doirasida “YeOIIda mintaqalararo aloqalar rivojlanishi Yevroosiyo kompaniyalarining eksport salohiyatini mustahkamlash omili” panel sessiyasini o‘tkazdi.
Novosibirskda bo‘lib o‘tgan tadbir ishtirokchilari integratsiya samaradorligi, jumladan, mintaqaviy nuqtayi nazardan baholanishini ta’kidlashdi: muvaffaqiyat hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari va biznes talablari qanchalik hisobga olinishiga bog‘liq.
Ishbilarmonlik faolligining poytaxt markazlaridan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining ishlab chiqarish va sotish zanjirlariga faol kiritilgan keng doiradagi mintaqalarga o‘tishi qayd etildi.
YeIK sanoat siyosati departamenti direktorining o‘rinbosari Vitaliy Vovk YeOII doirasida sanoat kooperatsiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Sessiya ishtirokchilari Ittifoq mamlakatlari mintaqalari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash komissiyasi faoliyati bilan tanishishdi. YeIK makroiqtisodiy siyosat departamenti vakili Andrey Panteleyev YeOII doirasida mintaqalararo hamkorlik portali ishga tushganinini ma’lum qildi (https://regions.eaeunion.org/). Resurs 200 tadan ortiq biznes loyiha va ishlaydigan mexanizmlar haqida ma’lumotni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII bozorida Mo‘g‘ulistonning ko‘proq yuqori sifatli mahsulotlari paydo bo‘lishi mumkin