Afg‘onistondagi zilzila qurbonlari soni 800 kishiga yetdi

Afg‘oniston sharqida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lib, yuzlab odamlar halok bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. Afg‘onistondagi zilzila qurbonlari 800 nafarga yetdi, halok bo‘lganlar va jabrlanganlarni qidirish davom etmoqda. Bu haqda mamlakat hukumati ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Kunar viloyatining o‘zida 800 nafarga yaqin kishi halok bo‘lgan”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, Afg‘onistonning Kunar va boshqa viloyatlarida 2 mingdan ziyod kishi jabrlangani ma’lum.
Ta’kidlanishicha, qutqaruv ishlari davom etmoqda, ammo ular mamlakatning borish qiyin bo‘lgan hududlarida bo‘lgani uchun cheklangan xususiyatga ega.
Avvalroq Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologik markazi (EMSC) episentri Jalolobod shahridan 57 kilometr shimoli-sharqda, 10 kilometr chuqurlikda 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lganini xabar qilgan edi.
O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi