TOShKENT, 31 avg – Sputnik. 2026-yildan boshlab “Tashabbusli budjet” jarayonlari doirasida ijtimoiy masalalarga oid loyihalarni aholi va davlat o‘rtasidagi sherikchilik asosida moliyalashtirish tartibi joriy etiladi. Bu prezidentning tegishli qarorida belgilab qo‘yildi.
Bunda tashabbuskor aholi tomonidan loyihalar qiymatining 50 foiz qismi ixtiyoriy ravishda moliyalashtirilgan taqdirda loyihalar avtomatik ravishda g‘olib deb topiladi va qolgan 50 foizi respublika budjetidan moliyalashtiriladi.
Loyihalar sheriklik asosida moliyalashtirilganda:
ovoz berishda ishtirok etmagan holda g‘olib deb topiladi;
tegishli mahallalarga tanaffus berish amaliyoti qo‘llanmaydi.
Shuningdek, 2025-yil 1-oktabrga qadar “Ochiq budjet” axborot portalida “Tashabbusli budjet” doirasida g‘olib bo‘lgan loyihalarning interaktiv xaritasi ishga tushiriladi.