O‘zbekiston dzudo bo‘yicha JChda umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

O‘zbekistonlik dzudochilar jahon chempionatida 5 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 31 avg – Sputnik. O‘zbekistonlik dzudochilar Bolgariyaning Sofiya shahrida bo‘lib o‘tgan dzudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chemponatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqaning so‘nggi kunida qizlar o‘rtasida +70 kg vazn toifasida kurashgan Umida Nig‘matova barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalni kiritdi.
Yunie dzudoisti Uzbekistana zavershili chempionat mira na pervom meste v obshekomandnom zachete
Shu tariqa, musobaqada 5 ta oltin va 2 ta bronza medalini jamg‘argan o‘zbekistonlik dzudochilar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.
Xalqaro dzudo federatsiyasi (IJF) bayrog‘i ostida qatnashgan rossiyalik dzudochilar 4 ta oltin va 3 ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Braziliya terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasab berdi.
Chempionatda jami 71 ta davlatdan 500 nafardan ziyod sportchi qatnashdi.
Dzudo: Budapeshtdagi jahon chempionatida ishtirok etadigan sportchilar ma’lum qilindi