Mirziyoyev Xitoyda qanday kutib olindi – foto

O‘zbekiston yetakchisi ShHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va “ShHT plyus” formatidagi sammit tadbirlarida ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 31 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Xitoyning Tanszin shahriga yetib bordi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
“Binxay” xalqaro aeroportida samolyot oldida O‘zbekiston yetakchisini Xitoytransport vaziri Lyu Vey va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Oliy martabali mehmonlar sharafiga ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
1 / 6
2 / 6
3 / 6
4 / 6
5 / 6
6 / 6
Tashrif dasturiga muvofiq, Mirziyoyev 31-avgust – 1-sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va “ShHT plyus” formatidagi sammit tadbirlarida ishtirok etadi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va tashkilot faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari suradi.
O‘zbekiston ShHT bilan qanday hamkorlik qilmoqda