TOShKENT, 31 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Tanszin shahridagi "Meyszan" kongress markazida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)sammitining norasmiy tadbirlarida ishtirok etdi. Bu haqda prezidnt matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston rahbari va rafiqasini Xitoy raisi Si Szinpin va rafiqasi samimiy kutib oldi.
Shundan so‘ng xorijiy yetakchilarga Shanxay hamkorlik tashkilotining Tanszin sammitiga bag‘ishlangan konsert dasturi namoyish etildi.
Shavkat Mirziyoyev vmeste s suprugoy prinyal uchastie v neformalnix meropriyatiyax sammita ShOS
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Tadbirlarda boshqa davlatlar va hukumatlar rahbarlari hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi ham qatnashdi.