TOShKENT, 31 avg – Sputnik. Amerika hukumati hozir Yevropa Ittifoqi yetakchilari bajarib bo‘lmaydigan talablarni qo‘yib, Ukrainadagi mojaroni cho‘zayotganini ko‘rmoqda. Bu haqda Rossiya prezidentining xorijiy mamlakatlar bilan investitsiya-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Kirill Dmitriyev shunday fikrda.
“Hatto Vashington buni endi ko‘rmoqda – YeI yetakchilari o‘zlarining bajarib bo‘lmaydigan talablari bilan mojaroni cho‘zmoqda. YeI haqiqiy tinchlik jarayonini barbod qilishni bas qilishi shart. YeI Baydenning muvaffaqiyatsiz mantig‘iga ergashishni bas qilishi shart”, - deya yozdi u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Dmitriyev ta’kidlashicha, yolg‘on narrativlarni emas, balki diplomatiyani tanlashi shart. U urush olovini yoquvchilar fosh etilganini qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq “Axios” nashri AQSh ma’muriyati xodimlari qator Yevropa yetakchilari Ukrainadagi mojaroni hal qilish sa’y-harakatlariga yashirincha to‘sqinlik qilayotganda gumon qilayotganini yozgandi. Ta’kidlanishicha. Ayrim Yevropa yetakchilari AQSh prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi mojaroni tugatish bo‘yicha harakatlarini omma oldida qo‘llab-quvvatlaydi, shu bilan birga yashirincha tinchlikka oid jarayonlarni yo‘qqa chiqarishga urinishadi.