CAFA Nations Cup: O‘zbekiston O‘mon bilan durang o‘ynadi

"CAFA Nations Cup-2025" musobaqasi doirasidagi O‘monga qarshi o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi.
Sputnik
TOShKENT, 31 avg – Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Markaziy Osiyo Futbol assotsiatsiyasi Millatlar kubogining (CAFA Nations Cup) birinchi turida durang o‘ynadi.
30 avgust kuni Toshkentdagi yangi “Olimpik” stadionida O‘mon jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
1 / 5
2 / 5
3 / 5
4 / 5
5 / 5
O‘yinda raqib jamoasi hisobni ochdi, 55-daqiqada esa Hojimat Erkinov javob golini darvozaga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Guruhning yana bir o‘yinida Qirg‘iziston va Turkmaniston milliy jamoalari ham xuddi shunday hisobni qayd etdi. Guruhda O‘zbekiston yetakchilik qilmoqda.
Sbornaya Uzbekistana po futbolu nachala turnir CAFA s nichyey s komandoy Omana
“CAFA Nations Cup-2025” musobaqasida 8 ta milliy jamoa ishtirok etmoqda. O‘yinlar Toshkent va Dushanbe shaharlarida o‘tkazilyapti.
O‘zbekiston keyingi o‘yinni 2-sentabr kuni soat 19:30 da Turkmanistonga qarshi o‘tkazadi. 5-sentabr kuni esa o‘zbekistonliklar Qirg‘izistonga qarshi maydonga tushishadi.