TOShKENT, 30 avg - Sputnik. Lugansk Xalq Respublikasi hududida razvedkachilar Ukrainaning 13ta “Lyutiy” nomli dronlarini avtomat va pulemotlardan urib tushirishdi.
“Bizning yo‘nalishda Rossiya tomon uchib o‘tayotgani bir guruh dronlar haqida xabar oldik. Qo‘mondonlik ustimizdan uchib o‘tayotgan har qanday nishonni urib tushirishni buyurdi. Biz havo mudofaa qo‘shinlari emasmiz, ammo snayperlar va bizning yigitlar yaxshi ish qilishdi – ular umumiy hisobda 13 ta “Lyutiy” rusumli dronlarni urib tushirishdi. Ular Rossiyaga zarar yetkazishi mumkin edi”, - dedi razvedkachilardan biri.
“Lyutiy” —Ukrainaning uzoq masofali, samolyot turidagi kamikadze dronidir. U 2022-yilda Antonov konstruktorlik burosi tomonidan ishlab chiqilgan. Uning tashqi ko‘rinishi Turkiyaning “Bayraktar TB2” droniga o‘xshab ketadi. “Lyutiy” 50 kilogrammgacha portlovchi moddani olib yurishga qodir. Uning doimiy tezligi 150 km/soat. Dron juda kata: uzunligi - 4,4 m, qanotlari kengligi - 6,7 m., yetib borish masofasi taxminan 1000 km. Iyul oyida Ukraina “Lyutiy” yordamida Moskvaga hujum qilishga uringan edi.