Shavkat Mirziyoyev Xitoyda qanday tadbirlarda ishtirok etadi

Prezident ShHT sammiti, Si Szinpin bilan muzokaralar hamda G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning taklifiga binoanrasmiy tashrif bilan Xitoyga jo‘nab ketdi.
31 avgust - 1-sentabr kunlari O‘zbekiston prezidenti Tanszin shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va "ShHT plyus" formatidagi uchrashuvda ishtirok etadi.
Unda ShHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni ustuvor yo‘nalishlarda yanada rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.
Tadbir yakunida Tanszin deklaratsiyasi, qo‘shma hujjat va qarorlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
2 sentabr kuni O‘zbekiston yetakchisi Pekin shahrida XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar, shuningdek, xorijiy delegatsiyalar rahbarlari va Xitoyning ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
3 sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.