TOShKENT, 30 avg — Sputnik. O‘zbekiston badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida "Vatan uchun, millat uchun, xalk uchun!" shiori ostida O‘zbekiston rassomlarining asarlari ko‘rgazmasi ochildi.
Unda ijodkorlar o‘zlarining 100ga yaqin eng sara asarlari orqali O‘zbekistonning ko‘rkam ko‘chalari, tarixiy obidalari, keng vodiylari, o‘zbek ayollarining timsollari va boshqa Vatanni tarannum etuvchi asarlari bilan ishtirok etmoqdalar.
Tomoshabinlar e’tiboriga mashhur akademik rangtasvirchi rassomlar Xurshid Ziyaxanov, Rustam Xudoyberganov, Rustam Bozorov, Li Safi-Mariya, Nozimxo‘ja Abdusalomxo‘jayev, Chori Bekmirov, Alisher Nasritdinov va boshqalarning yangi ijod asarlari taqdim etilmoqda.
Ko‘rgazmada, shuningdek, Anastasiya Tillyayeva, Rushana Alimova, Kodirova Robiya, Nigina Jumanazarova kabi yosh rassomlar ham o‘z asarlari bilan ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazma 2025-yilning 5-sentabr oyiga qadar davom etadi.