TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili v.b. Dmitriy Polyanskiy Germaniya, Fransiya va Britaniyaning Eronga qarshi sanksiyalarni tiklash tashabbusini xalqaro hamkorlikka putur yetkazuvchi qadam sifatida baholadi.
"Bizning hafsalamiz pir bo‘ldi, chunki biz jiddiy hamkorlar bilan muomala qilishni kutgan edik, lekin oxir-oqibat qandaydir gangsterlar bilan ishlayotganga o‘xshaymiz", - dedi Polyanskiy.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya "Yevropa uchligi" ushbu jarayonni boshlash uchun qonuniy asosga ega emas deb hisoblaydi.
Polyanskiy, shuningdek, Eron yadro dasturi bilan bog‘liq masalalardagi umumiy muhitga ta’sir qiladi va bu boradagi xalqaro hamkorlikni murakkablashtiradi, deb ta’kidladi.
Ilgariroq Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya Tehron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so‘ng Eronga qarshi sanksiyalarni tiklash jarayonini boshlashi haqida BMT Xavfsizlik Kengashini xabardor qilgan edi.