TOShKENT, 29 avg – Sputnik. Rossiya Ukrainadagi mojaroni tartibga solish bo‘yicha o‘zining barcha pozitsiyalarini Kiyevga yetkazdi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Biz o‘z manfaatdorligimiz va bunday muzokaralarga tayyorligimizni saqlab qolyapmiz, barcha pozitsiyalarimiz yetkazilgan, tegishli loyihalar, asosiy nizomlar yozma shaklda Ukraina tomoniga berilgan”, - dedi Kreml vakili RIA Novosti savoliga javob berayotib.
Shuningdek, Peskov Putin Zelenskiy bilan uchrashish imkoniyatini istisno etmayotganini ta’kidladi. Ammo oliy darajadagi har qanday uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan bo‘lishi shart.
Rossiya prezidenti matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, hozircha ekspertlar darajasida ishlar qaynayapti deb bo‘lmaydi.