Mustaqillik bayramining bosh tadbirlari bugun bo‘lib o‘tadi

Prezident bugun Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishadi.
Sputnik
Toshkent, 29 avg — Sputnik. Mustaqillik bayramining bosh tadbirlari bugun bo‘lib o‘tadi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Shahidlar xotirasi" xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etadi va "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yadi.

Kechqurun prezident O‘zbekiston mustaqilligining 34-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etadi va bayram tabrigi bilan murojaat qiladi.

Shuningdek, Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishish ham rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.
Mustaqillik bayrami sayillari qayerda bo‘ladi