Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston ko‘chasida qurilgan yerosti avtomobil yo‘lini borib ko‘rdi

Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab uzunligi 468, kengligi 25 metr bo‘lgan yerosti avtomobil yo‘li barpo etildi.
Sputnik
TOShKENT, 29 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Yangi O‘zbekiston ko‘chasida barpo etilgan yerosti avtomobil yo‘lini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab uzunligi 468, kengligi 25 metr bo‘lgan yerosti avtomobil yo‘li barpo etildi. U soatiga 10 mingdan ziyod avtomobilni o‘tkazish imkoniyatiga ega.
1 / 3
2 / 3
3 / 3
Ta’kidlanishicha, tunnelning usti yashil hududga aylantirilib, "Yangi O‘zbekiston" bog‘i bilan Olimpiya shaharchasi o‘rtasida piyodalarning xavfsiz harakatlanishi ta’minlandi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishda loyihalashtirilgan metro yo‘li uchun tunnel va bekat ham qurildi.
Yangi yerosti avtomobil yo‘li mashinalarning vaqt sarfini 2 barobarga qisqartirib, kuniga 1 tonna yonilg‘i iqtisod qilinishiga va atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar miqdori 2 tonnaga kamayishiga sabab bo‘ladi.
Mirziyoyev yerosti avtomobil yo‘lining zamonaviy standartlar asosida tashkil etilganiga e’tibor qaratdi va bu fuqarolarga qulaylik yaratib, turizm rivojiga hissa qo‘shishini ta’kidladi.
Toshkentda yangi aeroport qurib bitkazildi