Yosh dzudochilar jahon chempionatini uchta oltin bilan boshladi

Bolgariyada bo‘lib o‘tayotgan JChning birinichi kunida O‘zbekiston jamoasi uchta medal sohibi bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 28 avg – Sputnik. 27 avgust kuni Bolgariyaning Sofiya shahrida dzudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati start oldi. Musobaqaning ilk kuniyoq O‘zbekiston terma jamoasi katta yutuqqa erishdi — yosh sportchilar 3 ta oltin medal qo‘lga kiritishdi.

"Alohida ta’kidlash etish joizki, Dilafruz Boltaboyeva Diyora Keldiyorovadan keyin o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionatida g‘alaba qozongan (10 yildan so‘ng) ikkinchi o‘zbekistonlik dzudochi qizga aylandi", - deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.

Oltin medal sohiblari:
40 kg: Dilafruz Boltaboyeva
50 kg: Xushnud Sultonov
55 kg: Xushnud Burxonov
U20 jahon chempionatida O‘zbekiston kurashchilari 6 ta medal qo‘lga kiritdi