TOShKENT, 27 avg – Sputnik. 2025 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda bajarilgan qurilish ishlari hajmi 137,6 trln so‘mni tashkil qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan ma’lumotlardan ma’lum bo‘ldi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,7 % ga oshgan.
Ularning hududlar kesimidagi ulushi quyidagicha:
Toshkent shahri – 27,7 %
Toshkent viloyati – 12,2 %
Buxoro viloyati – 6,7 %
Samarqand viloyati – 6,4 %
Farg‘ona viloyati – 6,1 %
Qashqadaryo viloyati – 5,6 %
Surxondaryo viloyati – 5,1 %
Namangan viloyati – 4,7 %
Andijon viloyati – 4,5 %
Xorazm viloyati – 4,4 %
Navoiy viloyati – 4,3 %
Qoraqalpog‘iston Resp. – 3,4 %
Jizzax viloyati – 2,9 %
Sirdaryo viloyati – 1,9 %