TOShKENT, 27-avgust — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi gandbol bo‘yicha qizlar o‘rtasidagi U19 Osiyo chempionatidan chetlatildi.
O‘zA ma’lumotiga ko‘ra, shu bilan birga terma jamoaning guruh bosqichida qayd etgan barcha natijalari bekor qilindi.
Osiyo gandbol federatsiyasi qaroriga ko‘ra, jamoadagi bir qator o‘yinchilar hujjatlarida noaniqliklar aniqlangan.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston gandbol federatsiyasi mazkur qaror yuzasidan Xalqaro gandbol federatsiyasiga apellyatsiya arizasi yuborgan.
Avvalroq O‘zbekiston qizlar terma jamoasi Osiyo chempionatida o‘z guruhida 2-o‘rinni egallab, kelasi yilgi jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani xabar qilingan edi.