O‘zbekiston va Yaponiya TIVlari o‘rtasida Strategik dialog bo‘yicha qo‘shma kommunike imzolandi

O‘zbekiston va Yaponiya tashqi ishlar vazirlari darajasida birinchi strategik uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda uzoq muddatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 27 avg – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya tashqi ishlar vaziri Ivaya Takeshi bilan uchrashdi va ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida Strategik dialog bo‘yicha qo‘shma kommunike imzolandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan kelgan Yaponiya tashqi ishlar vaziri Ivaya Takeshi yaqinda Samarqandga amalga oshirgan safarida asrlar davomida shakllangan madaniy meros, mamlakatning dinamik iqtisodiy salohiyati va kelajakdagi hamkorlik istiqbollari, shuningdek, yapon kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi”, — deya yozdi Saidov o‘zining Telegram-kanalida.

Xabarga ko‘ra, hozirgi kunda davlatlar o‘rtasida kimyo sanoati va energetika kabi muhim sohalarda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Axborot texnologiyalari, transport, konchilik, “yashil” energetika va boshqa yo‘nalishlar esa kelgusi hamkorlik uchun jozibador hisoblanmoqda.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi