Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Uitkoff: Putin Ukrainada tinchlik bo‘lishini istaydi

AQSh prezidentining maxsus elchisi Ukrainadagi mojaro “juda murakkab" ekanini qo‘shimcha qildi.
Sputnik
TOShKENT, 27 avg – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi mojaro hal bo‘lishini istaydi. Bu haqda AQSh prezidentining maxsus elchisi Stiv Uitkoff ma’lum qildi.
“Mutlaqo to‘g‘ri. <...> U aniq bu haqda gapirdi”, - dedi Uitkoff Fox News telekanaliga bergan intervyusida Rossiya yetakchisi Ukraina mojarosini hal qilishga intilishini aytdimi yoki yo‘q degan savolga javob berayotib.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainadagi mojaro “juda murakkab”, biroq AQSh prezidenti Donald Tramp “uni hal qilishga erishish niyatida”.
15 avgust kuni Putin va Tramp Alyaskadagi Elmendorf-Richardson harbiy bazasida uchrashishdi. Muzokaralarning asosiy mavzusi Ukraina mojarosini hal etish bo‘ldi. Sammitdan so‘ng Amerika rahbari Rossiya tomoni bilan ko‘plab bandlarni kelishib olgani va endi mojaroni hal etish qarori Vladimir Zelenskiy qo‘lida ekanini ta’kidladi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Putinning Alyaskaga tashrifi mojaroni tartibga solish niyati borligidan dalolat – Tramp