Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash mavzuga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Spikerlar korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davlatlararo kengash oldida qanday asosiy vazifalar, O‘zbekistonning ushbu kengashga a’zo bo‘lishi mamlakat va butun MDH davlatlari uchun qanday ahamiyatga egaligi, Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasida qanday hamkorlik shakllari va qo‘shma tashabbuslar rejalashtirilgan haqida so‘zlab berdilar.
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti sektori mudiri Bahodir Ismoilovning so‘zlariga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashda MDH miqyosida hamkorlik juda muhim.
“Korrupsiya chegara bilmas jinoyat hisoblanadi. Har bir davlat alohida korrupsiyaga qarshi samarali kurashishi qiyin, shu bois mintaqaviy hamkorlik hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi”, — dedi u.
Uning ta’kidlashicha, MDHda korrupsiyaga qarshi kurashda katta tajriba to‘plangan.
"Postsovet davlatlari orasida bog‘liqlik juda kuchli — til, madaniyat, tarix va afsuski, jinoyatlar jihatidan ham. Shuning uchun davlatlar orasida jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik juda muhim. Hamdo‘stlik davlatlarining o‘xshashligini hisobga olib, biz qaysidir jinoyatlarga qarshi kurash mexanizmlarini qiyinchiliklarsiz, xatolar qilmasdan, o‘z amaliyotimizga jalb qilishimiz, implimentatsiya qilishimiz mumkin", — deb qo‘shimcha qildi ekspert.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil iyul oxirida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublika MDHning davlatlararo korrupsiyaga qarshi kurash kengashi tuzilishi to‘g‘risidagi kelishuvga qo‘shilish to‘g‘risidagi qarorni imzolagandi.
Batafsil - Sputnik videosida.