TOShKENT, 27 avg – Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan O‘zbekiston bosh prokurori, mudofaa vaziri va ichki ishlar vaziri unvonlar bilan mukofotlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.
Farmon bilan:
O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldashevga 2-darajali davlat adliya maslahatchisi maxsus unvoni
O‘zbekiston mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuxamedovga general-leytenant harbiy unvoni;
O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Aziz Tashpulatovga general-leytenant maxsus unvoni berildi.