TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Lugansk Xalq Respublikasi shimolidagi Serebranskoe o‘rmon xo‘jaligining sharqiy qismidagi Ukraina Qurolli kuchlarining 119-hududiy mudofaa brigadasi harbiy xizmatchilarini qurshab oldi, deb xabar berdi RIA Novosti kuch ishlatar tuzilmalardagi manbalariga tayanib.
"G‘arb" guruh qo‘shinlari hozirda Severskiy Dones darosi yo‘nalishida harakatlanib, Ukraina Qurolli kuchlarining 119-hududiy mudofaa brigadasi qoldiqlari to‘liq qurshab olmoqda.
Hujumga og‘ir o‘t ochish tizimlari, yirik kalibrli artilleriya va zarba beruvchi dronlar ko‘mak bermoqda.
"Ukraina harbiylari asta-sekin Yampol tomon chekinmoqda, ba’zi bo‘linmalar Seversk yo‘nalishida chekinmoqda," - deyiladi kuch ishlatar tuzimlari vakili bergan xabarda.
Avvalroq RIA Novosti Ukraina Qurolli kuchlarining safarbar qilingan harbiy xizmatchilari o‘zboshimchalik bilan ularni tark etish maqsadida Serebranskoe o‘rmon xo‘jaligidagi o‘z pozitsiyalariga o‘t qo‘yayotgani haqida xabar bergan edi.
"Serebranskoe o‘rmon xo‘jaligida Rossiya harbiylari yorib o‘tganidan so‘ng Ukraina Qurolli kuchlari uchuvchisiz uchish apparatining sara bo‘linmasi - "Signum"ni front orti hududlariga o‘tkazgan", - deb agentlikka xabar berdi chaqiruv belgisi "Shram" bo‘lgan "Axmat" maxsus kuchlar bataloni komandiri.
Serebranskoe o‘rmon xo‘jaligi Rossiya qo‘shinlari nazorati ostidagi Kremennaya shahridan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan. O‘rmon hududining bir qismi Rossiya Qurolli kuchlari, bir qismi Ukraina armiyasi tomonidan nazorat qilinadi.