Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Putinning Alyaskaga tashrifi mojaroni tartibga solish niyati borligidan dalolat – Tramp

Tramp Putin bilan Alyaskadagi uchrashuvi haqida gapirayotib, bu g‘oyat muvaffaqiyatli kun bo‘lganini urg‘uladi.
Sputnik
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Alyaskaga tashrifi u Ukrainadagi mojaroni tartibga solishga harakat qilayotganidan dalolat beradi. Bu haqda AQSh rahbari Donald Tramp ma’lum qildi.
“O‘ylaymanki, uning Alyaskaga, mamlakatimizga kelgani u mojaroga barham berishni istashi to‘g‘risidagi jiddiy bayonot edi. U uchun Alyaskaga kelish shunchaki oddiy bo‘lmagan”, - dedi Amerika yetakchisi.
Tramp Putin bilan uchrashuvi haqida gapirayotib, bu g‘oyat muvaffaqiyatli kun bo‘lganini ta’kidladi.
“Men o‘ylaymanki, biz urushni tugatamiz. Bu mushkul”, - deya tan oldi Oq uy rahbari.
15 avgust kuni Putin va Tramp Alyaskadagi Elmendorf-Richardson harbiy bazasida uchrashishdi. Muzokaralarning asosiy mavzusi Ukraina mojarosini hal etish bo‘ldi. Sammitdan so‘ng Amerika rahbari Rossiya tomoni bilan ko‘plab bandlarni kelishib olgani va endi mojaroni hal etish qarori Vladimir Zelenskiy qo‘lida ekanini ta’kidladi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
“Foydali va o‘z vaqtidagi suhbat”: Putin Alyaskadagi sammit bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi