TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning davlat tashrifi chog‘ida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni “An-Nahda” ordeni bilan taqdirladi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Prezident bu mukofotni ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishdagi umumiy sa’y-harakatlar va O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan “Uchinchi Renessans” asoslarini yaratishda o‘zbek xalqiga bo‘lgan hurmat sifatida qabul qilishligini ta’kidladi.
Iordaniya podshohi bilan muzokaralar natijasida ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, transport hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik kengaytirilishiga kelishib olindi.
Tadbir yakunida prezident yana bir bor podshohga mukofot uchun chuqur minnatdorlik izhor etib, Iordaniya xalqiga tinchlik va farovonlik tilashini izhor etdi.