O‘zbekiston muzeylaridagi eksponatlar soni 2,7 mln donaga yetdi

Muzeylarda eksponatlar soni yil sayin oshib bormoqda: 2021-yilda ular soni 2 087 000 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yilda 2 168 392 ta, va 2025-yil 1-yanvar holatiga esa 2,7 millionga yetdi
Sputnik
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekiston muzeylaridagi asosiy fond eksponatlari soni 2,7 million donani tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 129,2 mingtaga yoki 5 foizga ko‘pdir.
Hududlar kesimida muzeylardagi asosiy fond eksponatlari quyidagicha taqsimlangan:
Toshkent shahri – 1 255 915 ta;
Samarqand viloyati – 239 650 ta;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 197 506 ta;
Surxondaryo viloyati – 178 080 ta;
Farg‘ona viloyati – 161 403 ta;
Boshqa hududlar – 703 441 ta.
Shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston muzeylaridagi eksponatlar soni yil sayin oshib bormoqda.
Masalan, 2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatda asosiy fondda 2 087 000 eksponat mavjud edi. 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra esa ular soni 2 168 392 taga yetdi, shu jumladan 387 038 tasi (17,8%) arxeologik ashyolardan iborat edi.
Toshkentning top-5 muzeylari